Foto: tbld.uz
Rossiyalik reper Morgenshtern o‘ziga tegishli «Mercedes» avtomobilini O‘zbekistonga olib kelib, buxorolik yigitga sovg‘a qilish uchun qancha pul sarflaganini aytdi. U bu haqda o‘zining YouTube-kanaliga joylashtirgan videosida ma’lum qildi.
Avvalroq Kun.uz Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatidan olgan ma’lumotga ko‘ra, Morgenshtern «Mercedes-Benz E 200»ni O‘zbekistonga olib kirish uchun jami 340 mln so‘m bojxona to‘lovlarini to‘lagani ma’lum bo‘lgandi.
Morgenshternning so‘zlariga ko‘ra, u bojxona to‘lovlaridan tashqari avtomobilni samolyotda olib kelish uchun qariyb 56 mln so‘m sarflagan.
Bundan tashqari, artist avtomobilning Rossiyada berilgan davlat raqamini O‘zbekiston davlat raqamiga almashtirish uchun ham pul to‘lagan.
Morgenshternning ta’kidlashicha, qator qoidalar bois avtomobilni O‘zbekistonga olib kirish qiyin bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik taniqli reper Alisher Valeyev – Morgenshtern Instagram'da Give-away tanlovini e’lon qilgan, tanlovga qo‘yilgan superyutuq – «Mercedes-Benz E 200» avtomobili buxorolik Azim Abdullayevga nasib qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi