
2020 yilning 25 dekabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston yoshlari forumida Shavkat Mirziyoyev OAV va ochiqlik siyosati haqida so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda «Daryo».
«Bugun men aytib o‘tgan oilaviy ajrimlar, ma’naviyat, ma’rifat, internet bo‘yicha muammolar ko‘p. O‘zbekiston endi ochildi, orqaga yo‘limiz yo‘q. Yana bir marta ta’kidlamoqchiman, ommaviy axborot vositalari to‘rtinchi hokimiyat bo‘lish nuqtai nazaridan kimgadir yoqmaydi. Ammo oxirgi bir yil ichida jurnalistlar, blogerlar va yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan ovozlari bizning islohotlarimiz va qarorlarimizga katta ko‘mak beryapti, bu haqiqat. Yoqadimi, yoqmaydimi, ularni eshitishga majburmiz. To‘g‘risini eshitib, xulosa chiqaramiz, noto‘g‘risini to‘g‘ri yo‘lga solish burchimiz, vazifamiz. Bitta narsani hammalaringiz bilinglar, bizga tinchlik, osoyishtalik kerak», dedi davlat rahbari. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar