17:39 / 26.12.2020
2 750

O‘zbekistonda davomli yer silkinishlari sezildi. Farg‘onada zilzila kuchi 6 ballga yetdi

O‘zbekistonda davomli yer silkinishlari sezildi. Farg‘onada zilzila kuchi 6 ballga yetdi
Toshkent vaqti bilan soat 15:28 da O‘zbekistonning bir qator hududlarida yer silkinishi sezildi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila Toshkent vaqti bilan 15:28 da Qirg‘izistonda sodir bo‘ldi. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 238 kilometrni tashkil etadi. Epitsentrida zilzila kuchi 5,3 magnituga teng bo‘lgan, o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.

Zilzila kuchi Farg‘ona shahrida 6 ballni tashkil etgan.
Qirg‘izistonda yuz bergan zilzilaning O‘zbekiston shaharlarida sezilishi:

Toshkent: 238 km, 3 ball;
Namangan: 90 km, 4 ball;
Andijon: 88 km, 4 ball;
Farg‘ona: 24 km, 5-6 ball;
Guliston: 246 km, 2 ball;
Jizzax: 325 km, 2 ball;
Samarqand: 405 km, 2 ball.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda davomli yer silkinishlari sezildi. Farg‘onada zilzila kuchi 6 ballga yetdi