15:45 / 27.12.2020
2 330

Toshkentda britancha kvartal bo‘ladi

Toshkentda britancha kvartal bo‘ladi
Toshkent shahrida 8 gektar maydonda 8 qavatli 1342 xonadondan iborat Greenwich – britancha kvartal qurilmoqda. Bu haqda kuni kecha OAV xodimlari uchun bo‘lib o‘tgan tadbirda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Greenwich – «yopiq hovli» konsepsiyasiga binoan loyihalashtirilgan. Hudud obodonlashtiriladi va alohida himoyalanadi. Ya’ni, bu hududga begona mashinalar va odamlar kira olishmaydi.

Golden House kompaniyasi marketing bo‘yicha direktori Ismoil Rasulovning aytishicha, majmua hududida sakkiz qavatli biznes va komfort klassdagi uylar quriladi. Biznes-klassdagi xonadonlar erkin rejali bo‘lsa, komfort klassdagi uylar tayyor ta’mirlangan holda sotiladi. Barcha xonadonlarda oshxonalar va zallar derazalari qatnov yo‘liga, yotoqxonalar derazalari esa hovliga qaraydi. Bu kvartaldagi uylarning boshqa majmualardan farqli tomoni – derazalari juda katta (180 sm), maksimal yorug‘likni ta’minlashga qaratilgan.

Yo‘l tomonidagi birinchi qavatlar savdo binolari uchun, hovli tomondagilar esa ikki qavatli elita xonadonlar uchun ajratilgan.
Yer osti va yer usti avtoturargohlar 1200tagacha avtomobillarni sig‘dira oladi.

Uylar orasida bolalar o‘yin maydonchalari va puxta o‘ylangan infratuzilmalari bo‘lgan, britaniya uslubidagi sayr hududlari va landshaft dizaynli xiyobon bunyod etiladi. Xiyobon hududida favvoralar, shiyponchalar, o‘rindiqlar va ko‘plab kafelar bo‘lgan ko‘kalamzorlashtirilgan va obodonlashtirilgan maydon ko‘zda tutilgan.

Xonadonlar maydoni 47 m2dan 221 m2gacha bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda britancha kvartal bo‘ladi