Foto: Xabar.uz
Telegramdagi «davletovuz» kanali tomonidan Andijon va Jizzax viloyati hokimliklari mas’ullarining davlat xaridlari bo‘yicha «o‘yinlari» borasida olib borilgan surishtiruvlar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Blogerlar tomonidan surishtiruvlar e’lon qilingach, barcha belgilari bo‘yicha korrupsion hisoblangan ushbu holatlar bo‘yicha viloyat prokuraturalari ish ochdimi, Andijon va Jizzax viloyat prokuraturasi nega jim, degan savollar yuzaga kela boshladi.
Nihoyat, Andijon viloyati prokuraturasi holat bo‘yicha qisqa bayonot berdi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda «Andijoncha tender, qarindoshlik va milliardlik davlat buyurtmalari» nomli maqola e’lon qilingan bo‘lib, unda mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish uchun o‘tkazilgan tanlov va tenderlarda shaffoflik ta’minlanmaganligi bayon etilgan.
Hozirda mazkur maqolada bayon etilgan holatlar viloyat prokuraturasi tomonidan tegishli soha mutaxassislari ishtirokida o‘rganilmoqda.
O‘rganish natijasi bo‘yicha qo‘shimcha xabar beriladi», deyiladi bayonotda.
Jizzax masalasida hali bayonot bo‘lmadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi