O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shgan bir guruh shaxslarga «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishoni topshirildi.
Madaniyat vaziri buyrug‘i bilan taqdirlangan 106 kishi orasida uch viloyat hokimi, bir necha banklarning rahbarlari hamda 2020 yilda vafot etgan taniqli san’atkorlar ham bor.
Jumladan, Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev, Farg‘ona viloyati Xayrulla Bozorov hamda Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatovga ko‘krak nishoni topshirilgan.
«Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishoni Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 mart kungi qarori bilan tasdiqlangan. Madaniyat vazirligi nomzodlarning hujjatlarini o‘rganib chiqadi va nishon Yangi yil bayrami arafasida madaniyat vaziri tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi