12:50 / 29.12.2020
4 807

O‘qituvchilarning oyligi yana oshiriladi

O‘qituvchilarning oyligi yana oshiriladi
Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy majlisga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tmoqda. Xabar.uz muxbiri tomonidan ma’lum qilinishicha, davlat rahbari o‘qituvchilar mavqei va ish haqini oshirishni alohida ta’kidlab o‘tdi.

«Nimaga o‘qituvchilar olis tumanlarga borib ishlamaydi? Uyi bo‘lmasa, sharoiti bo‘lmasa, qanday qilib boradi? Buning uchun sharoit yaratish kerak. O‘qituvchilarga boshqa tumandagi olis maktabga borib ishlasa — 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa 100 foizlik ustama haq to‘lanadi.

Agar muallimning obro‘yini, mavqeini oshiradigan bo‘lsak, qachondir, vaqti kelib juda katta natija berishiga ishonaman.
Shu sababli o‘qituvchilarga munosib haq to‘lash uchun boshlangan ishlar yangi yilda ham davom ettiriladi. Buning uchun 330 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Shuningdek 240 mingdan ziyod o‘qituvchilarning sinf rahbarligi uchun ustama haqlar bir yarim barobar oshiriladi va buning uchun budjetdan 400 milliard so‘m qo‘shimcha pul ajratiladi
», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘qituvchilarning oyligi yana oshiriladi