O‘zbekistonda tibbiyot sohasi uchun 9 ta oliy ta’lim muassasasi va ularning 2 ta filialida malakali kadrlar tayyorlanmoqda.
Hozirda yurtimiz tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida 16 ta mamlakatdan 1500 nafarga yaqin xorijlik talaba tahsil olmoqda.
Yurtimizda qisqa vaqt ichida bakalavriat va magistratura bosqichlari qabul kvotalari 25 foizga, klinik ordinatura kvotalari esa 30 foizga oshirildi. 6 ta yangi ta’lim yo‘nalishi, 17 ta yangi mutaxassislik tashkil etildi.
SSV xabariga ko‘ra, sog‘liqni saqlash sohasiga kadrlar tayyorlash borasida xorijiy tibbiyot ta’lim muassasalari bilan keng hamkorlik, ularning fakultetlari va filiallarining ochilishi, ikki tomonlama diplom berish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Rossiyaning 17 ta, Italiyaning 2 ta, Koreya Respublikasining 2 ta oliy ta’lim muassasasi, shuningdek, Germaniya, Ispaniya, Turkiya, Xitoy va Hindiston oliy ta’lim muassasalari bilan shartnoma va kelishuvlar imzolandi.
2021-2022 o‘quv yilida O‘zbekistonda 50 dan ortiq davlatdan 10 ming nafardan ziyod xorijlik talabalar tahsil olishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi