Foto: SSV
2021 yilning 1 yanvar kuni soat 18:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 1086 nafar chaqaloq dunyoga keldi, deya xabar berdi SSV. Yangi yilning birinchi kuni tug‘ilgan chaqaloqlarning 564 nafari o‘g‘il bola, 522 nafari esa qiz bola bo‘lib, eng ko‘p bola hozircha Samarqand viloyatida (148 nafar chaqaloq) dunyoga keldi.
Shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reytingi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati (115 nafar) va Farg‘ona viloyati (113 nafar) kuchli uchlikni yakunlagan.
Tug‘ilganlarning 5 nafari esa egizaklarni tashkil qiladi. Ayni paytda shifokorlarimiz ularning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2019 yilning 1 yanvar kuni 1708 nafar, 2020 yilning shu kuni esa 1974 nafar chaqaloq dunyoga kelgandi.
Avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkilotining YUNISЕF Bolalar jamg‘armasi butun dunyoda bolalar tug‘ilishi bo‘yicha 2021 yilga oid prognozini e’lon qilgani haqida xabar bergandik. 2021 yilning birinchi kunida, ya’ni bugunning o‘zida 371 ming go‘dak tug‘ilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?