19:00 / 01.01.2021
17 445

Yurtimizda yangi yilning birinchi kuni nechta chaqaloq tug‘ildi?

Yurtimizda yangi yilning birinchi kuni nechta chaqaloq tug‘ildi?
Foto: SSV
2021 yilning 1 yanvar kuni soat 18:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 1086 nafar chaqaloq dunyoga keldi, deya xabar berdi SSV. Yangi yilning birinchi kuni tug‘ilgan chaqaloqlarning 564 nafari o‘g‘il bola, 522 nafari esa qiz bola bo‘lib, eng ko‘p bola hozircha Samarqand viloyatida (148 nafar chaqaloq) dunyoga keldi.

Shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reytingi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati (115 nafar) va Farg‘ona viloyati (113 nafar) kuchli uchlikni yakunlagan.

Tug‘ilganlarning 5 nafari esa egizaklarni tashkil qiladi. Ayni paytda shifokorlarimiz ularning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2019 yilning 1 yanvar kuni 1708 nafar, 2020 yilning shu kuni esa 1974 nafar chaqaloq dunyoga kelgandi.

Avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkilotining YUNISЕF Bolalar jamg‘armasi butun dunyoda bolalar tug‘ilishi bo‘yicha 2021 yilga oid prognozini e’lon qilgani haqida xabar bergandik. 2021 yilning birinchi kunida, ya’ni bugunning o‘zida 371 ming go‘dak tug‘ilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yurtimizda yangi yilning birinchi kuni nechta chaqaloq tug‘ildi?