22:30 / 05.01.2021
2 335

Kardamonni nima sababdan shamollash mavsumida ratsionga kiritish kerak?

Kardamonni nima sababdan shamollash mavsumida ratsionga kiritish kerak?
Foto: Harper’s Bazaar
Kardamon nafaqat taomga o‘ziga xos ta’m berishi bilan, balki Sharq mamlakatlari tabobatida bir necha asrdan beri davolash uchun foydalanib kelinishi bilan ham mashhur. Parhezshunoslar va mutaxassislar tomonidan eng foydali ziravorlardan biri deb ta’rif beriladigan ushbu mahsulotning xususiyati nimalardan iborat ekani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Kardamon tarkibida virus va mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lgan limonen, terpineol, sineol va armidon mavjud. Ushbu moddalar immunitetni mustahkamlaydi, organizmni virus va kasallik keltirib chiqaradigan bakteriyalardan himoya qiladi. Qolaversa, kardamon saratonning oldini olishi mumkinligi haqidagi fikrlar ham yo‘q emas. Boshqa ziravorlardan farqli ravishda, ushbu mahsulot oshqozon shilliq qavatini zararlamaydi.

Shu sababdan ham Sharq tabobatida asrlar davomida oshqozon va ichak trakti kasalliklarini davolashda undan samarali foydalanilgan. Shunga qaramasdan, oshqozonida muammo bo‘ladigan kishilarga o‘zboshimchalik qilmay, birinchi bo‘lib shifokor ko‘rigidan o‘tish va ko‘rsatmalarga binoan chora-tadbirlar olib borish tavsiya qilinadi. Mazkur ziravor antioksidant, A, C va E vitaminlarining koni hisoblanadi.

Tarkibidagi faol birikmalar organizmdagi yallig‘lanish jarayonlariga ta’sir qiladi, erta qarishni sekinlashtiradi, ajin tushishining oldini olib, terini ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi. Shuningdek, yosh ko‘rinishga sababchi bo‘ladigan kollagen oqsili ishlab chiqarilishini jadallashtiradi.

Ayniqsa, ozishni istaganlar uchun samara beradi, organizmni ortiqcha toksinlardan tozalaydi. Ochlik hissini kamaytirib, ortiqcha ovqatlanib yuborishning oldini oladi. Kardamonni istalgan issiq, sovuq ovqat yoki shirinliklarga ham qo‘shib iste’mol qilish mumkin. Bu orqali taomlarning ham mazali, ham foydali bo‘lishiga erishish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kardamonni nima sababdan shamollash mavsumida ratsionga kiritish kerak?