
Oliy sud sudyasi Abdurasul Eranov tuman va shahar ma’muriy sudlarining tugatilishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
«Tuman va shahar ma’muriy sudlarining tugatilib, o‘rniga tumanlararo sudlarning tashkil etilishi — ma’lum darajada kadrlar qisqartirilishiga olib keladi. Tumanlararo sudlar 6 shtat birligidan iborat tartibda tashkil etilyapti.
Lekin bu shunchaki qisqartirib ketilayotgani yo‘q — shu paytgacha ma’muriy sudlarda ko‘rilgan masalalarning aksariyati jinoiy sudlarga olib berilyapti. Shu munosabat bilan, tegishli qisqartirilayotgan shtatlarning bir qismi jinoiy ishlar ishlar bo‘yicha sudlarga, bir qismi fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlarga hamda kichik qismi iqtisodiy sudlarga berilyapti», dedi Eranov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar