08:08 / 08.01.2021
1 870

Nega qishda niqobni bir soatdan ortiq taqib bo‘lmaydi?

Nega qishda niqobni bir soatdan ortiq taqib bo‘lmaydi?
Foto: «Hiptoro.com»
Koronavirus pandemiyasi sababli dunyoda, jumladan, yurtimizda ham jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangan. Biroq qish kelib, havoning sovishi tufayli niqobdan foydalanayotganda uning namlanib, ichki qismi ho‘l bo‘lib qolayotgani ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda. Bu holat boshqa kasallikka sabab bo‘lmaydimi, degan xavotirlar ham yo‘q emas.

«Niqob taqish bir tarafdan himoya vazifasini bajaradi. Lekin uning zararli taraflari ham bor. Misol uchun, tashqarida havo harorati 20 daraja bo‘lsa, yutib chiqarayotgan nafasimiz 36 daraja bo‘ladi. Zero, sog‘lom burun o‘tayotgan havoni namlab, changdan tozalab o‘pkaga 36 daraja qilib uzatadi. Bu jarayonni hisobga oladigan bo‘lsak, uzoq vaqt niqob taqib yurish og‘iz, burun bo‘shlig‘ida haroratning balandroq bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Chunki terlab, namlangan niqob havoni yaxshi o‘tkazmaydi. Bir niqobdan bir soat foydalansak, og‘iz bo‘shlig‘idagi namlik evaziga kislorod o‘tkazishi kamayadi va organizmda ma’lum miqdorda kislorod dimiqishi yuzaga keladi», — deydi lor shifokori Qobiljon To‘ychiyev.

Qish kunida niqobni uzoq taqib bo‘lmaydi, uni tez-tez almashtirib turish kerak. Agar imkon bo‘lsa, jamoat joylariga kirmaslik, iloji boricha, tezroq ochiq joyga chiqish kerak. Agar niqob matosi juda qalin va undan nafas olish qiyin bo‘lsa, havo ochiq qolgan yon tomonlar orqali chiqib, niqobning o‘zi tezda namlanadi va samarasiz bo‘lib qoladi.

E’tibor qiladigan bo‘lsak, niqob taqqanda burunning tepa qismida ochiq joy qoladi. Karbonat angidrid bu joydan ko‘z va kiprikka urilib, ularni namlantiradi. Kiprikning namlanishi o‘tib ketadi, lekin ko‘z namlanib, shamolda qurishi boshqa kasalliklarning rivojlanishga sabab bo‘lishi mumkin.

Agar niqob tomchilarni yaxshi filtrlamasa, bunday niqob nafaqat yordam bermaydi, balki ahvolni yanada yomonlashtirishi ham mumkin. Kichik bir tadqiqotda shunday mato katta tomchilarni parchalayotgani ko‘rinadi. Natijada, umuman niqobsiz gaplashgandan ko‘ra ko‘proq tomchilar hosil bo‘lgan. Nazariy tomondan olib qarasa, bu holat jiddiy zarar yetkazishi mumkin, chunki kichikroq tomchilar havoda uzoqroq turadi, yerga tushmaydi va infeksiyaning potensial manbai bo‘lib qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nega qishda niqobni bir soatdan ortiq taqib bo‘lmaydi?