Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati
Bugun, 7 yanvar kuni soat 13:50 larda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Gyote-5 ko‘chasida 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi J.Sh. «Lasetti»ni «Makro» supermarketi yaqiniga to‘xtatib, kalit va farzandini qarovsiz qoldirib o‘zi supermarket ichiga kirib ketgan. Avtomobilda bo‘lgan 8 yoshli farzandi kalitni burab yuborishi oqibatida avtomobil harakatga kelgan va supermarket oynasini sindirib, ichkariga kirib to‘xtagan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Barcha haydovchilardan o‘t oldirgich kalitni va voyaga yetmagan farzandlarini avtomobilda qarovsiz qoldirmasliklari so‘raladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?