Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 2021 yilning 9 yanvar kuni «Sport va turizmni sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 2020 yilda amalga oshirilgan ishlarning tanqidiy-tahliliy natijalari hamda 2021 yilgi ustuvor vazifalar» mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi, deya xabar qilmoqda «Kun.uz».
Unda ishtirok etgan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov 2020 yilda 1 million 800 ming nafar mahalliy turistlar safari tashkil etilganini, 2021 yilda buni keskin oshirib, 7,5 million nafarga yetkazish rejalashtirilganini aytib o‘tdi.
«Prezident topshirig‘iga binoan, mahalliy aholining sayohat qilishi uchun qulay va arzon transport bilan ta’minlashda avia va temir yo‘l chiptalariga 30 foiz chegirma beriladi», – deya ma’lum qildi Abduhakimov.
Bundan tashqari, 2021 yilda transport logistikasidagi muammolarni bartaraf etish maqsadida yangi avia va temir yo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Andijon va Xivani to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lovchi temir yo‘l reysi, Farg‘ona va Urganch aviareysi, Qarshidan Urganchga temir yo‘l hamda aviareyslar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» dasturini jadallashtirish maqsadida yana ko‘plab chegirmalar joriy etilishi ma’lum qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi