15:35 / 10.01.2021
2 191

Mahalla xodimlariga faqat "Ijtimoiy ish" yo‘nalishida o‘qish uchun imtiyoz berildi

Mahalla xodimlariga faqat "Ijtimoiy ish" yo‘nalishida o‘qish uchun imtiyoz berildi
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab mahalla xodimlari uchun sirtqi ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimi joriy etilishi yuzasidan qabul qilingan Hukumat qarori doirasida turli fikr-munozaralar kuzatilmoqda.

Xo‘sh, aslida, qaror mohiyatan nimani nazarda tutadi?

Birinchidan, berilayotgan mazkur imtiyoz barcha OTMlarga o‘tmaydi, qolaversa barcha yo‘nalishlarga nisbatan ham tatbiq etilmaydi.
Ya’ni, mahalla xodimlari uchun pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi OTMlarda faqat (e’tibor bering!) “5520100 – Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida sirtqi o‘qish imkoniyati berilmoqda.

Ikkinchidan, ushbu yo‘nalishga imtiyozli ravishda qabul qilingan mahalla xodimlarining o‘qishini boshqa yo‘nalishga ko‘chirishiga ruxsat berilmaydi.

Uchinchidan, bu – mahalla xodimlari (hatto tavsiyanoma olganlari ham) o‘qishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi degani emas. Boshqacha aytganda, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega bo‘lib turib ham, kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tilmasa, mahalla organlari xodimlari talabalikka tavsiya etilmaydi.

To‘rtinchidan, bu bo‘yicha murojaat qilgan har bir mahalla xodimi tavsiyanomali bo‘lib qolmaydi.

Ya’ni, tavsiyanoma olishning belgilangan mezonlari bor. Buning uchun mahalla xodimi:
● egallab turgan lavozimida so‘nggi 1 yil davomida faoliyat yuritayotgan bo‘lishi;
● mahalla tizimida kamida 3 yillik ish stajiga ega bo‘lishi;
● faoliyat yuritayotgan mahalla organi reyting ko‘rsatkichi bo‘yicha “namunali” deb topilgan bo‘lishi kerak.

Qolaversa, mahalla xodimi ijobiy tavsiflanganmi, ish faoliyati ijobiy baholanganmi, unga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilmaganmi – shular ham taviyanoma berishda inobatga olinadi.

Bir so‘z bilan aytganda, mazkur qarordan ko‘zlangan asosiy maqsad mahalla organlarini yetuk va malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, mahalla organlari xodimlariga ish faoliyatini davom ettirgan holda ta’limni ish bilan birga olib borish uchun sharoit yaratib berish ko‘zlangan. Asosiy muddao shu.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mahalla xodimlariga faqat "Ijtimoiy ish" yo‘nalishida o‘qish uchun imtiyoz berildi