2 312
Yangiyerda Nexia va «Jiguli» ishtirokida sodir bo‘lgan avariyada haydovchi salondan uchib chiqib ketdi
Sirdaryo viloyatida Nexia va «Jiguli» ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch kishi jarohat oldi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 12 yanvar kuni soat 14:30 larda Yangiyer shahri Tinchlik ko‘chasida 31 yoshli «VAZ-2106» haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzishi oqibatida 21 yoshli E.T. boshqaruvidagi Nexia bilan avariya sodir etgan. Avariya oqibatida ikkala haydovchi va Nexia ichida bo‘lgan 20 yoshli yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Yangiyer shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ko‘ngilsiz hodisaning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videosidan ko‘rish mumkinki, katta tezlikda harakatlanib kelayotgan Nexia burilib olmoqchi bo‘lgan «VAZ-2106»ga kelib urilgan. Avariya natijasida «Jiguli» salonida bo‘lgan yo‘lovchi uchib chiqib ketgan.
IIV YHXBB haydovchilarni belgilangan qoidalarga, tezlik me’yoriga, yo‘l belgilari va chiziqlari talablariga rioya qilishlarini so‘raydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin