11:58 / 15.01.2021
2 580

Sardobada vahima tarqaldi. Hokim odamlarni tinchlantirishga chiqdi

Sardobada vahima tarqaldi. Hokim odamlarni tinchlantirishga chiqdi
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Ijtimoiy tarmoqlarda 14 yanvar kuni yarim tunda Tojikiston Respublikasi hududida joylashgan Qayroqqum suv omborining yorilishi natijasida suv toshqini sodir bo‘lganligi to‘g‘risida yolg‘on xabarlar tarqaldi. FVV ham bu xabarlar asossiz ekanligini tasdiqladi.

Biroq yaqinda toshindan jiddiy zarar ko‘rgan Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin tumanlari aholisi orasida tezda vahima tarqaldi. Ayrimlar o‘z yashash hududini tark etishga oshiqqani holatlari ham kuzatildi.

Bundan xabar topgan viloyat hokimi ushbu tumanlarga yetib bordi. G‘ofurjon Mirzayev bu kabi xabar tarqalishiga xech qanday asoslar mavjud emasligini bildirgan. Aholini yolg‘on mish-mishlarga ishonmaslikka va sarosimaga tushmaslikka chaqirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Sardobada vahima tarqaldi. Hokim odamlarni tinchlantirishga chiqdi