Foto: IIV.uz
2021 yil 13 yanvar kuni Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xabariga ko‘ra, tadbir davomida Toshkent shahri Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan “Humo trans” aviakassa rahbari K.Ye. ushbu aviakassada fuqaro M.Z.ni aldab, pandemiya sharoitida chet davlatga davolanish uchun borishga asos bo‘luvchi kasalligi haqida hujjat tayyorlab berishiga va shu hujjatga asosan Rossiyaga bemalol borishi mumkinligiga ishontirib, uning 1450 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari davomida fuqaro K.Ye. bundan avval ham 79 nafar fuqaroni shu usulda aldab, ularning har biridan 1200 AQSH dollaridan jami 94 800 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan fuqaro K.Ye.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u qamoqqa olingan.
Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi