O‘zbekistonda Xalqlar do‘stligi kuni belgilanadi

O‘zbekistonda Xalqlar do‘stligi kuni belgilanadi
O‘zbekistonda Xalqlar do‘stligi kuni belgilanadi. Bu haqda 2021 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida aytilgan.
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada 30 iyul – Xalqaro do‘stlik kunini yurtimizda “Xalqlar do‘stligi kuni” deb belgilash nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2021 yil 1 aprel, mas’ullar - Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Adliya vazirligi.

Shuningdek, “Do‘stlik haftaligi” va “Do‘stlik” xalqaro forum-festivalini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar