1 324
"Lokomotiv" murabbiyi Mikael Sekeyra: Portugaliyaliklar O‘zbekistonga rosa qiziqib qolishdi

Bir necha kun avval Toshkentning "Lokomotiv" klubiga portugaliyalik Mikael Sekeyra bosh murabbiy etib tayinlandi. Klub shifokori Abror Pirriyev telegramdagi sahifasida yevropalik mutaxassis bilan nonushta mahalidagi suhbatidan yurtimiz haqidagi fikrlarini taqdim etdi.
- "Kecha onam bilan telefon orqali suhbatlashdim. Ancha ko‘nikib qoldingmi bolam, qanday yurtlar ekan?, - deb so‘radilar. Men ularga hammasi joyida ekanini aytib, menga O‘zbekiston juda yoqqanini shunchalar berilib gapirdimki, havaslari kelib eshitib turdilar...
Bu yerga kelishimdan avval o‘rtog‘im bilan uchrashib qoldim. U mendan qayerga otlanayotganimni so‘radi. O‘zbekiston klubidan taklif tushganini aytganimda aslida tarixchi do‘stim bu mamlakatda bo‘lganini, ajoyib yurt va mehmondo‘st xalq ekanini iliq taassurotlar-la so‘zlab berdi; sovg‘a qilingan milliy kiyimingiz (chopon) bilan tushgan rasmini ham ko‘rsatdi.
Mana, yurtingizni o‘z ko‘zim bilan ko‘rib, o‘rtog‘imning so‘zlari rost ekaniga ishonch hosil qildim. Portugaliyaliklar yurtingiz haqida deyarli eshitishmagan. Bilishganida, ishoning, juda ko‘pchiligi sayohat uchun shu yerni tanlashardi. Bu fikrimni vatandosh do‘stlarimga ham aytib bo‘ldim; rosa qiziqib qolishdi...”, - dedi Mikael Sekeyra. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Xrushchev va... Sardoba suv ombori...

Qisqa va ma’noli ajoyib ta’sirli hikoyalar

Qozoq internetida mashhur bo‘lib ketgan Yakkasaroy tumani hokimi bu haqda nima deydi?

Gulnora Karimovaning oʻgʻli bobosi Islom Karimov doim onasidan hadiksiraganini aytdi

O‘g‘rining himmati...

Oila qurmagan yigit-qizlar o‘qisin: O‘zingiz qanday bo‘lsangiz, xuddi shunaqasi bilan turmush qurasiz! Ishonmaysizmi?