date

Turk amaldorlariga qo‘llarini o‘ptirishdan tiyilish tavsiya etildi

Foto: lifenews.ru

"Adolat va jarayon" partiyasining navbatdagi s’ezdida Turkiya hukumati rahbari Ahmad Davido‘g‘li turk amaldorlari va rasmiy shaxslari oddiy aholi bilan muomila vaqtida o‘zlarini eskicha urflardan uzoqda tutgan holda qo‘llarini o‘ptirish odatini bas qilishlari kerakligini ma’lum qildi. Bu haqida mahalliy Hurriyet nashri xabar beradi.

"Men Turkiya bosh vaziri sifatida turk amaldorlariga o‘z qo‘llarini o‘ptirish odatlaridan qutilishni tavsiya qilaman" - deydi Davido‘g‘li o‘z chiqishida.

Lekin qizig‘i shundaki, o‘sha kuniyoq Turkiya bosh vaziri bu ishni o‘zi amalga oshirib qo‘ydi. Uning qabuliga kelgan shaxslardan biri bosh vazirning oldida yukunganida, u beixtiyor o‘z qo‘lini o‘ptirish uchun cho‘zishdan tiyila olmadi.

Barchaga ma’lumki, turkiyaliklar qadimdan hurmat belgisi sifatida kattalarning qo‘lini o‘pib, tavof qilishga odatlanishgan.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Turk amaldorlariga qo‘llarini o‘ptirishdan tiyilish tavsiya etildi