Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi
O‘zbekistonda fevral oyining oxiri, mart oyining boshida koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayoni boshlanishi mumkin. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbarining o‘rinbosari Botir Qurbonov «Zamon» dasturiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilning 8 yanvarida O‘zbekiston aholisining 20 foiziga yetarli miqdorda birinchi buyurtma berilgan. JSST qo‘llashga ruxsat bergan Pfizer hamda BioNTech korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan vaksinani O‘zbekistonda ham emlash jarayoniga jalb qilish uchun 100 ming dozaga rasman byurtma berilgan.
«Respublikamizning barcha aholisini emlash tadbirlari bilan qamrab olish rejalashtirilgan. Amerikada ishlab chiqilgan vaksinadan 100 ming doza buyurtma qilingan. Keyingi navbatda JSST tomonidan tavsiya etilgan vaksinalar bosqichma-bosqich sotib olinib, yurtdoshlarimizni emlash boshlanadi.
Pfizer va BioNTech vaksinasi bilan emlash tadbirlari fevral oyi oxiri, mart oyi boshlarida boshlanadi», — degan u. Ushbu vaksina bilan birinchi galda shifokorlar va keksalar emlanadi.
Botirjon Qurbonovning ma’lum qilishicha, hozirda Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida Pfizer-BioNTech vaksinasini 70 daraja sovuqda saqlash imkonini beradigan muzlatgichlar hozirlab qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ayni vaqtda Xitoyning Anhui Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasi tomonidan yaratilgan ZF 2001 rekombinant vaksinasining sinovlari davom etmoqda. Shuningdek, Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejasi ham mavjud. Umuman, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotgani haqida 2020 yilning noyabrida ma’lum bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi