21 yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev Buxoro safarini boshladi. Olot tumanida viloyat faollari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlat rahbari asosiy e’tiborni ishsizlikni bartaraf etishga qaratdi.
Tadbirda ishtirok etgan Kun.uz xabariga ko‘ra, yig‘ilish davomida davlat rahbari yangi qaror ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
“Barcha kollejlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tkaziladi. O‘zi kollejlarning joyi shu vazirlikda, oliy ta’limda emas. Sababi, vazir Nozim Husanov kollejlarga aniq buyurtmalar shakllantirib beradi. Kollejlar esa har bir hududlarga zarur bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlaydi.
Masalan, hozirgi kunda payvandchilarga talab katta. Ana shunday kasbni kollejlar tizimida o‘rgatib, sertifikat ham beriladi. Hunar o‘rgangandan keyin chet elga borsa ham ishi yurishaveradi. Bundan tashqari, avtomobillar ta’mirlovchi, sartarosh, etikdo‘z kabi o‘nlab hunarlar bor. Mana, ishsizlik, temir daftarni tugatish bo‘yicha aniq reja.
Monomarkazlarni, mahallalarni shu kollejlarga biriktiringlar. Bu masalani atroflicha o‘rganib, qaror tayyorlanglar”, – deya mutasaddilarga topshiriq berdi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi