Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan 2021 yildan soliq qonunchiligiga kiritilgan yangiliklarni tadbirkorlik sub’ektlariga yetkazish maqsadida Chirchiq shahrida «Soliqchi-ko‘makchi» loyihasi doirasida amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbirda Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshliqlari, Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati, hududda faoliyat yuritayotgan 500 dan ziyod korxona rahbarlari, buxgalterlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 30 dekabrdagi “«2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” gi O‘RQ-659-sonli Qonuni mazmun-mohiyati hamda 2021 yildan soliq qonunchiligiga kiritilgan yangiliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
O‘zaro muloqot tarzida o‘tgan seminarda tadbirkorlik sub’ektlari vakillarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar aks etgan 1 500dan ortiq flayer va bukletlar tarqatildi. Bu kabi targ‘ibot tadbirlari Toshkent viloyatining barcha hududlarida davom ettiriladi.
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
matbuot xizmati
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi