20:34 / 23.01.2021
2 946

«Men ham uzoq qishloqdan chiqqan odamman...» – Shavkat Mirziyoyev

«Men ham uzoq qishloqdan chiqqan odamman...» – Shavkat Mirziyoyev
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Buxoroning «Nizomiy» mahallasida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rgani haqida xabar berilgandi. Prezident ushbu uylarning biriga ko‘chib kelgan mehnat faxriysi Ne’mat ota Xotamov xonadoniga kirdi. Dasturxon atrofida dildan suhbat bo‘ldi.

«Bugun man bu yerga kelishimdan maqsad mana shu Buxoroning ertangi kuni, yoshlarimizga bo‘lgan e’tibor, yoshlarimizning ertangi kuni va xalqimizning sharoitini to‘g‘rilash», – deydi Shavkat Mirziyoyev.

Ne’mat ota Xotamov avval sharoiti yo‘q uyda yashab qiynalgani, bu uyni esa 1 yilda qurib berishganini ta’kidladi. Prezident bilan suhbatlashgan xonadon bekasi yangi uydan mamnun ekanini bildirib, Shavkat Mirziyoyevga rahmat dedi.

«Avvalo, sizga rahmat, shularni yuragingizdan aytganingiz uchun. Men o‘zim qiynalib o‘sganman, uzoq qishloqdan chiqqan odamman. Mehnatim bilan o‘qishga kirib, odamlarning armonini, qiynalganini bilganman», – dedi davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 21 yanvarda Buxoro viloyatiga tashrif buyurgandi. Tashrif davomida Prezident to‘rtta tuman faollari bilan uchrashdi, «Buxoro Varnet» agrosanoat majmuasini borib ko‘rdi, Bukhara Cotton Textile korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Bundan tashqari, Prezident IT-Park’ni borib ko‘rdi va yoshlar bilan suhbatlashdi. Shundan so‘ng Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Men ham uzoq qishloqdan chiqqan odamman...» – Shavkat Mirziyoyev