«Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Prezident qarorlari asosida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar va Hukumat orqali jalb etilgan chet el investitsiyalari loyihalari bo‘yicha O‘zbekistonda realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlari chet el valyutalariga va shartli birliklarga bog‘lanishi mumkin.
Ilgari mazkur tartib mavjud emas edi.
Konsessiyalar bilan bog‘liq munosabatlar «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonun bilan tartibga solinadi.
Konsessiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish davlat-xususiy sheriklik loyihalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Endilikda faqatgina qiymati 1 million dollardan ortiq loyihalarining tender hujjatlari va davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarning loyihalari kelishiladi.
Kiritilgan qo‘shimchalar bilan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatlari belgilandi.
Davlat-xususiy sheriklik loyihalariga oid ma’lumotlarning e’lon qilinadigan qismi aniqlashtirildi.
Xususan, bunda quyidagi ma’lumotlar rasmiy veb-saytlarga joylashtiriladi:
▫️loyiha taraflarining nomi;
▫️loyihaning faoliyat yo‘nalishi;
▫️loyihaning joylashgan yeri;
▫️loyihani amalga oshirish muddati;
▫️iste’molchilarga realizatsiya qilinadigan tovarlarning;
▫️loyihaning umumiy qiymati;
▫️davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hajmi va turlari. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Global Janub kimniki?
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi