Andijon shahar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limida keniyalik Jefferson Onguti hamda andijonlik Shirin Satburxonovalarning Andijon shahrida tug‘ilgan farzandi Nikole Ongutiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi. Bu haqda DXAning Andijon viloyati boshqarmasi xabar berdi.
Jefferson Onguti Andijon shahar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limiga uning turmush o‘rtog‘i Shirin Satburxonova Andijon shahridagi tug‘ruqxonada qiz jinsli farzand ko‘rganligini ma’lum qilib, uni tug‘ilganligini qayd etishda amaliy yordam so‘rab, murojaat qilgan. Uning murojaati FHDYO bo‘limi tomonidan tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, bolaning tug‘ilganligi tasdiqlanib, dalolatnoma yozuvlari qayd etildi.
Keniyalik Jefferson Onguti 2019 yilda AQSHlik ko‘ngillilar orasida o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rgatish maqsadida kelgan. Ayni paytda Oltiarik tumanidagi «Axmad al-Farg‘oniy avlodlari» nomli nodavlat ta’lim muassasasida o‘quvchilarga ingliz tilidan saboq bermoqda. Jeffersonning turmush o‘rtog‘i Shirin Satburxonova esa Farg‘ona davlat universitetining chet tillari fakultetida tahsil oladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili dekabr oyida Andijonda yashovchi ganalik oilaning farzandiga guvohnoma topshirilgani xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?