12:05 / 26.01.2021
1 606

Mehribon ota aliment uchun 110 mln. so‘m to‘ladi

Mehribon ota aliment uchun 110 mln. so‘m to‘ladi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining qarori bilan fuqaro R.K.dan undiruvchi G.A.ning bir nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish borish belgilangan.

Bu holat bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan. Anchadan beri fuqaro R.K. aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelayotgan edi.

Hozirgi og‘ir sharoitda muqim daromadi bo‘lmagan, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash naqadar muhim ekanligini inobatga olgan holda Byuroning Bulung‘ur tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tushuntirish va profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu jumladan, qarzdor R.K. bilan ham atroflicha suhbat va tushuntirish ishlari o‘tkazilib, bugungi sinov kunlarida farzandini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani yotig‘i bilan tushuntirildi.

Bunday maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota shu kuni farzandlari ta’minotini o‘ylab, voyaga yetguniga qadar hisoblab, 109 mln. 836 ming so‘m pulni to‘lab berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mehribon ota aliment uchun 110 mln. so‘m to‘ladi