
Foto: Videolavhadan skrinshot
Toshkent shahrida yashovchi ikki fuqaro Toshkent tumanidan o‘tuvchi o‘zbek-qozoq davlat chegarasi yaqinida dron yordamida Qozog‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan yuborilgan o‘qotar qurollarni sotib olgan vaqtlarida qo‘lga olindi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» reportajida xabar berildi.
Ular ushbu qurolni Qozog‘iziston fuqarosidan 4 ming AQSH dollariga sotib olgan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu qurol o‘q otish uchun yaroqli holatdagi «Makarov» to‘pponchasi ekanligi va o‘qdonida 6 dona o‘q bo‘lgan.
Ushlanganlarning ikkisi ham avval sudlangan. Biri 2012 yilda 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish), 2019 yilda 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan aybli deb topilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar