12:57 / 28.01.2021
1 803

O‘zbekiston korrupsiya reytingida 180 davlat orasida 146-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston korrupsiya reytingida 180 davlat orasida 146-o‘rinni egalladi
Transparency International korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro nodavlat tashkiloti Korrupsiyani qabul qilish indeksining 2020 yil reytingini ishlab chiqdi.

Reytingga muvofiq, O‘zbekiston o‘z o‘rnini 7 pog‘onaga o‘zgartirib, 180 ta davlat orasida 146-o‘rinni egalladi (2019 yilda 153 o‘rin).

Shu bilan bir qatorda, reytingda O‘zbekiston 26 ballni qayd etdi, bunda 0 ball – korrupsiyani qabul qilishda eng yuqori ko‘rsatkich, 100 ball – eng past shkala hisoblanadi.

Korrupsiyani qabul qilish indeksi davlat sektorida korrupsiya darajasini aks ettirib, uni ishlab chiqishda qator manbalardan, shu jumladan, ekspertlar baholari va ishbilarmon doiralar vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalardan foydalaniladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston korrupsiya reytingida 180 davlat orasida 146-o‘rinni egalladi