16:00 / 28.01.2021
1 815

Tadbirkordan 65,9 mln. so‘m soliq qarzdorligi undirildi

Tadbirkordan 65,9 mln. so‘m soliq qarzdorligi undirildi
Sayxunobod tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga «Guli modalar dunyosi» MCHJdan 65 974 696 so‘m soliq qarzdorlikni undirish belgilangan.

Mazkur hujjat asosida Majburiy ijro byurosi Sayxunobod tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib tomonlarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bankdagi hisob-raqamiga davlat ijrochisining qaroriga asosan band solingan va unga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutassadilarga so‘rov xatlari yuborilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor «Guli modalar dunyosi» MCHJdan tuman davlat soliq idorasi foydasiga 65,9 million so‘m soliq qarzdorligi undirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkordan 65,9 mln. so‘m soliq qarzdorligi undirildi