O‘zbekiston va Hindiston birgalikda vaksina ishlab chiqarishi kutilmoqda

O‘zbekiston va Hindiston birgalikda vaksina ishlab chiqarishi kutilmoqda
Joriy yilning 27 yanvar kuni O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Axatov Hindiston Kimyo sanoati, o‘g‘itlar va farmatsevtika davlat vaziri Mansux Mandaviya bilan uchrashdi.
O‘zbekiston va Hindiston birgalikda vaksina ishlab chiqarishi kutilmoqda
Uchrashuvda Hindistondagi vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud ulkan salohiyatni nazarda tutgan holda, ikki mamlakat tegishli muassasalari o‘rtasida koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi. Bu borada yetakchi hind kompaniyalari hamkorlikka tayyor ekanligi ta’kidlandi.

Muzokaralar davomida farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar holati va istiqboldagi rejalar ham tahlil qilindi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar