23:30 / 28.01.2021
1 800

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining yashirin aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Toshkent viloyati Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri Chilonzor tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida, xorijiy davlat fuqarosi E.X. umumiy qiymati 224 million so‘mlik, 100 000 dona tibbiyot vositalari va 7995 dona “Leykoplastir” tibbiyot vositalarini shartli xaridorga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi