23:48 / 28.01.2021
1 558

Avtobusda yashirilgan tovar-moddiy boyliklar fosh bo‘ldi

Avtobusda yashirilgan tovar-moddiy boyliklar fosh bo‘ldi
Bojxona chegaralaridan tovar-moddiy boyliklarni yashirin yo‘llar bilan olib o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro S.B. boshqaruvidagi “Yutong” rusumli avtobus inspeksion kurik majmuasidan o‘tkazildi.

Natijada, avtobusda umumiy qiymati 28,3 million so‘mlik har xil turdagi avtoulovlarga mujallangan ehtiyot qismlar borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtobusda yashirilgan tovar-moddiy boyliklar fosh bo‘ldi