07:38 / 29.01.2021
2 289

“MAN”dagi nayrang fosh bo‘ldi

“MAN”dagi nayrang fosh bo‘ldi
Bojxona organlari tomonidan tovar moddiy boyliklarning noqonuniy harakatini oldini olish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut-ota” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro M.R boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtotransport vositasi kabinasiga yashirilgan 1 dona plasstmassa flakonda 50 tabletka jami 500 mg. “Baklosan 10 mg.” nomli psixotrop dori vositasi hamda yo‘l-yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan umumiy qiymati salkam 27 million so‘mni tashkil qiluvchi tovar-moddiy boyliklar borligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “MAN”dagi nayrang fosh bo‘ldi