Foto: Shutterstock
O‘zbekistonda karaoke va bilyard zallari faoliyatiga yana ruxsat berildi. Bu haqda mamlakatga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilish bayoniga tayanib, O‘zA xabar berdi.
Shuningdek, hujjat bilan Damas rusumli va boshqa barcha turdagi avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni tashishga ham ruxsat berilgan.
«Hujjatning 6-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning iqtisodiyot tarmoqlari faoliyati barqarorligini ta’minlash, shuningdek, ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qo‘llab-quvvatlash va ish o‘rinlarini saqlab qolish maqsadida Sanitariya qoidalar, normalari, gigiyena normativlariga va Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan sanitariya-epidemiologik tartiblarga qat’iy rioya etgan holda Damas rusumli va boshqa barcha turdagi avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni tashish, karaoke va bilyard zallari, SPA salonlari faoliyatiga ruxsat berildi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020 yil 5 sentabrdan teatr, kinoteatr, attraksionli bog‘lar faoliyatiga va juma namozlari o‘qilishiga ruxsat berilgan, yo‘nalishli taksilar faoliyati qayta tiklangan, bolalar bog‘chalari qayta ochilishiga ruxsat etilgandi. Shu bilan birga, to‘yxonalar, tungi klublar, diskoteka, SPA va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatini taqiqlanib kelayotgandi. 2020 yil oktabr oxirlarida O‘zbekistonda 1 oktabrdan to‘yxonalarda to‘y o‘tkazishga ruxsat berilgani ma’lum bo‘lgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi