date
views 2 680

«Surxondaryolik qoidabuzar YPX xodimi» jazoga tortildi

«Surxondaryolik qoidabuzar YPX xodimi» jazoga tortildi
Joriy yilning 25 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda «Surxondaryoda qoidabuzar YPX xodimi» sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

Videolavhada, Surxondaryo viloyati, Termiz shahrining markaziy ko‘chalaridan birida, viloyat IIB YHXBga tegishli bo‘lgan «Mercedes-Benz» rusumli maxsus xizmat avtomobili to‘xtash qoidalariga amal qilmasdan, boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bergan holda yo‘lning qatnov qismiga to‘xtaganligi holati aks etgan.

Haydovchi xodim Sh.T.ga nisbatan to‘xtash qoidalarini buzganligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 1286-modda (transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi)si tartibida bayonnoma rasmiylashtirildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Surxondaryolik qoidabuzar YPX xodimi» jazoga tortildi