16:23 / 31.01.2021
1 840

“Lasetti”ga yashirilgan maishiy-texnikalar manziliga yetib bormadi

“Lasetti”ga yashirilgan maishiy-texnikalar manziliga yetib bormadi
Bojxona organlari tomonidan yurtimizga maishiy-texnika vositalarini noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlarga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Milliy gvardiya hamda Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Namangan shahrida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Namangan shahar Ishonch MFY hududida fuqaro X.Sh. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada ushbu avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 50 million so‘mlik 3 turdagi 417 dona maishiy-texnika buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Lasetti”ga yashirilgan maishiy-texnikalar manziliga yetib bormadi