17:30 / 01.02.2021
1 390

«Britancha» shtammni O‘zbekistonga kiritmaslik mumkinmidi?

«Britancha» shtammni O‘zbekistonga kiritmaslik mumkinmidi?
«Yo‘q, biz uni hududimizga umuman kiritmaslik imkoniyatiga ega emasdik. Boisi hozirgi kunga kelib, dunyoning 60ga yaqin davlatlarida bu shtamm aniqlandi», deb javob qaytardi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov.

Uning qayd etishicha, koronavirusning «Britancha» shtamm kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va JAR davlatlaridan O‘zbekistonga kirish va chiqish bo‘yicha taqiq mavjud bo‘lsa-da, dunyoda o‘zbekistonliklar borib-kelishi mumkin bo‘lgan davlatlarning soni juda ko‘p. Kasallik aynan yuqorida sanab o‘tilgan davlatlardan emas, balki uchinchi, to‘rtinchi davlatdan kirib kelish ehtimoli mavjud edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)