Foto: «U-f.ru»
COVID-19 infeksiyasining genetik shaklini o‘zgartirgan, juda tez tarqaluvchi, ayniqsa, yoshlarga ko‘proq yuquvchi COVID-19 virusining «britancha» shtammi paydo bo‘ldi. Xo‘sh, bu tur tarqalishining oldini olish uchun nima qilish kerak?
«Britaniya va dunyo olimlarining berayotgan tavsiyalariga qaraganda, yangi shtamm tarqalishining oldini olishning yagona va to‘g‘ri yo‘li — bu zararlangan bemorni yakkalash (izolyatsiya) va ular bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarni ham alohida nazoratga olishdir. Faqatgina shu yo‘l bilan tez tarqaluvchi «britancha» shtammning tarqalish ko‘rsatkichini kamaytirish mumkin», — deydi SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi E’zozbek Rizayev.
Xitoyning Uxan shahrida koronavirus infeksiyasi aniqlanganidan so‘ng o‘tgan yilning yoz oylarida uning «Ispaniya shtammi» ham paydo bo‘ldi. Bu shtamm ham juda tez tarqaluvchi tur, deya e’tirof etilgan edi. Vaqt o‘tishi natijasida bu shtamm tarqalishining sababi insonlar migratsiyasi ekanligi aniqlandi. Bu holat esa oddiy sanalgan karantin qoidalariga rioya kilish va tibbiy niqoblarni doimiy taqib yurish bilan bartaraf etildi.
Hozirgi kunda ko‘cha-ko‘yda, transport, bozor va do‘konlarda fuqarolarimizning o‘ta xotirjamligi, karantin talab-qoidalarini pisand qilmayotgani, oddiy himoya vositalaridan foydalanmasligining guvohi bo‘lyapmiz.
To‘g‘ri, O‘zbekistonda ayni paytda epidemiologik barqaror vaziyat hukmronlik qilmoqda. Ammo bu koronavirus infeksiyasi tarqalish xavfi butunlay tugadi, degani emas. Yuqorida aytilganidek, «COVID-19»ning B.1.1.7 shakli — «britancha» shtammini yengishning yagona yo‘li karantin qoidalariga amal qilishdir.
Ayni paytda mamlakatimizda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilmoqda. Agar aholimiz mana shu yumshatilgan tartibga to‘liq rioya qilmasa, uning oqibatlari qat’iy choralar ko‘rilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, barchasi o‘zimizga bog‘liq.
Muhimi, «COVID-19»ga qarshi vaksina yangi shtammda ham foyda berishi aniqlangan. Shu bois, ommaviy emlash bizning yurtimizda boshlanishiga qadar har bir fuqaro o‘z salomatligiga o‘zi mas’ul bo‘lib, tibbiy niqobdan muntazam foydalansa, karantin qoidalariga rioya qilsa, shubhasiz, biz dunyoning qator davlatlarida davom etayotgan bugungi epidemiologik noxush vaziyatdan saqlanib qolamiz, deydi mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"