“Kumush” operatsiyasi amalga oshmadi

Ma’lumki yurtimizga fuqarolar o‘z ehtiyojlari uchun 65 grammgacha zargarlik buyumlarini bojxona to‘lovlarisiz olib kirishlari mumkin. Ammo ushbu mahsulotlarni mamlakatimizga noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlar hamon uchrab turibdi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi A.Ye.ning qo‘l yuklari o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, qo‘l sumkasi ichki cho‘ntagida, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, umumiy qiymati 25,5 million so‘mlik og‘irligi 1018 gramm bo‘lgan, 5 dona quyma kumushlar borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona surishtiruvi harakatlari davom ettirilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi A.Ye.ning qo‘l yuklari o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, qo‘l sumkasi ichki cho‘ntagida, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, umumiy qiymati 25,5 million so‘mlik og‘irligi 1018 gramm bo‘lgan, 5 dona quyma kumushlar borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona surishtiruvi harakatlari davom ettirilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…