13:27 / 04.02.2021
1 671

Yangiyo‘lda sinfxona shiftining ko‘chib tushishi sabab ikki o‘quvchi jabrlandi

Yangiyo‘lda sinfxona shiftining ko‘chib tushishi sabab ikki o‘quvchi jabrlandi
Yangiyo‘lda joylashgan 6-maktabdagi sinfxonalardan birining shifti ko‘chib tushgan. Bu haqda Xalq ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida ikki nafar o‘quvchi jarohatlanib, ularga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur maktabdagi mukammal ta’mirlash ishlari 2019 yilda Toshkent viloyati buyurtmasiga asosan viloyatga ajratilgan qo‘shimcha 3,3 mlrd.so‘m mablag‘ evaziga «Ahmadxoji al-Avaz» MCHJ tomonidan amalga oshirilgan.

Ayni damda shahar hokimining topshirig‘iga ko‘ra shahar prokuraturasi, xalq ta’limi bo‘limi mudiri, qurilish tashkiloti bilan birgalikda maktabni shift qismlarining chidamliligini qayta tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangiyo‘lda sinfxona shiftining ko‘chib tushishi sabab ikki o‘quvchi jabrlandi