O‘zbekistonda bolalar uchun “Ishonch telefonlari” xizmati joriy qilinadi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 4 fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) kotibiyati mudiri Saidbek Azimov, BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISЕF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Monitoring va baholash bo‘limi rahbari Janar Sagimbayeva hamda Bola huquqlarini monitoring qilish bo‘yicha mutaxassis Zokir Nazarov o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda bolaning qonuniy vakillari va bolalarning to‘g‘ridan to‘g‘ri vakilga murojaat qilishi imkoniyatini yaratish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha tavsiyalar berish maqsadida “Ishonch telefonlari”ni ishga tushirish loyihasi muhokama etildi.
Loyihaga ko‘ra, “Ishonch telefonlari” orqali 12 soat davomida murakkab turmush sharoitiga tushib qolgan bolalardan murojaatlar qabul qilish hamda ularni o‘z huquqlariga oid ishonchli, aniq axborotlar bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi.
Onlayn muloqotda murojaatlar bilan ishlovchi mutaxassislarni tanlash va malakasini oshirish, shuningdek, bolalar Call-markazini ishga tushirish bilan bog‘liq boshqa tashkiliy hamda texnik masalalar muhokama qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)