
Farg‘ona shahrida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Kun.uz xabariga ko‘ra, sessiyada davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorovga maslahat berdi va u qanday hokim bo‘lishi kerakligi borasida o‘rnak bo‘la oladigan shaxsni aytdi.
“Bizga maslahat beradigan emas, aravani tortadigan hokim kerak. Qorovullik uchun vazir bo‘lmaydi. Men nima uchun Aripovni (bosh vazir Abdulla Aripov - tah.) yonimda olib yuraman, bu odam o‘zgarmaydi. Kasbiga munosabati boshqacha, halol odam.
Samarqandda hokim bo‘lganimda bitta shu vazir oldimga kelib, muammolarni so‘ragan. Boshqa birorta vazir kelmagan. Urgutda telefon yo‘q, dedim. O‘zi uch kun yurib, masalani hal qildi. Vazir shunday bo‘lishi kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar