Rangli metall parchalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 oktyabrdagi “Rangli metall parchalari va chiqindilarini to‘plash, topshirish hamda qayta ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 849-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzaobod tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbir davomida, fuqaro Q.B. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasi Mirzaobod tumani hududida to‘xtatilib, avtomashina yukxonasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 9 million so‘mlik 1917 kg alyumin rangli metall parchalari borligi aniqlandi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi?
Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”