23:50 / 06.02.2021
1 607

Voyaga yetmaganlarni mehnatga majburlaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda

Voyaga yetmaganlarni mehnatga majburlaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda
Illyustrativ foto
Mamlakatimizda voyaga yetmagan shaxslar manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.

Qonun loyihasi bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

JK 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxsning 18 yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda unga moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish uchun javobgarlikni belgilaydigan modda bilan to‘ldirilmoqda.

Mazkur jinoyat ob’ekti sifatida 18 yoshga to‘lmagan shaxs normal va axloqiy rivojlanayotgani inobatga olinib, jinoyat sub’ekti yoshini 18 yoshdan belgilash taklif etilmoqda.

MJTKga ham shunday modda kiritilmoqda. Shu tariqa, bunday huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish bo‘yicha vakolatli organlar sifatida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar belgilanmoqda, ichki ishlar organlariga esa bunday huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish vakolati yuklanmoqda.

Qonun loyihasining yana bir muhim jihati shundaki, voyaga yetmagan shaxslar manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish, ularni majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga chek qo‘yish maqsadida Jinoyat kodeksiga voyaga yetmagan shaxsni mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlaganlik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlikni belgilovchi o‘zgartirish kiritilmoqda.

Shuningdek JKda voyaga yetmagan shaxsni O‘zbekistonda g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash uchun jinoiy javobgarlik, shu bilan birga, JPKga qo‘shimcha kiritilib, mazkur jinoyatning tergovi ichki ishlar organiga tegishli ekani belgilanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Voyaga yetmaganlarni mehnatga majburlaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda