11:00 / 07.02.2021
1 769

Jizzaxlik yigit qarzini qaytarish uchun xolasining sigir va planshetini tunadi

Jizzaxlik yigit qarzini qaytarish uchun xolasining sigir va planshetini tunadi
Kadr: Videodan skrinshot
Jizzax viloyati, Zomin tumanida qarzdor yigit ish topolmay birga yashaydigan xolasini tunadi, deya xabar bermoqda IIV.
Zomin tumani, Sharof Rashidov ko‘chasida joylashgan xonadondan 9 yanvar kuni qiymati 1 million so‘m bo‘lgan planshet yo‘qoldi. 11 yanvar tongida esa qo‘shni xonadonda 1,1 mln so‘mlik qo‘zi g‘oyib bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

So‘ngra 16 yanvardan 17 yanvarga o‘tar kechasi yana birinchi xonadondan umumiy qiymati 8 million so‘m bo‘lgan bir bosh sigir va bir bosh buzoq g‘oyib bo‘ldi.

Holat yuzasidan Zomin tumani IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga kelib tushgan arizaga ko‘ra olib berilgan tezkor tadbirlar natijasida mazkur o‘g‘riliklarni sodir etgan fuqaro aniqlanib, qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2001 yilda tug‘ilgan ushbu fuqaro planshet va chorva mollarni o‘z xolasinikidan o‘g‘irlab ketgan. U 2008 yilda onasi vafot etgandan buyon ushbu xonadonda doimiy yashab kelayotgan bo‘lgan. Bu esa unga qo‘shimcha qulaylik tug‘dirgan.

Planshet va qo‘zini 600 ming so‘mdan jami 1,2 million so‘mga, Sigir hamda buzoqni 5 million 200 ming so‘mga sotib yuborgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandidan 169-moddasi 3-qismi «a» bandiga qayta malakalanib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Yigit ushbu o‘g‘rilikni tanishlaridan qarzdor bo‘lib qolgani, to‘lash uchun puli yo‘qligi bilan izohlamoqda. Shuningdek, har o‘g‘rilikdan so‘ng u ish topish uchun Toshkentga borgan. Ammo ish topa olmagan. Endi ish topganda ushbu yuqorida ta’kidlangan o‘g‘riliklar sabab qo‘lga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxlik yigit qarzini qaytarish uchun xolasining sigir va planshetini tunadi