21:00 / 08.02.2021
2 224

Qidiruvdagi “ISUZU” rusumli transport vositasi Boysundan topildi

Qidiruvdagi “ISUZU” rusumli transport vositasi Boysundan topildi
Xorazm viloyat iktisodiy sudining 10.08.2020 yildagi ijro hujjatiga asosan “Baraka Nozima Savdo” MCHJ dan 18.500 AKSH dollari qarzdorlik undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati byuroning Urganch shahar bo‘limi ish yurituvga kelib tushgan kundan ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan va qaror nusxasi taraflarga yuborilib, qarzdorga ihtiyoriy muddat berilgan.

Qarzdor ihtiyoriy muddatda qarzdorlikni to‘lamaganligi sababli ijro ishi doirasida qarzdorning barcha yo‘nalishlariga cheklovlar qo‘yib, unga tegishli bo‘lgan “ISUZU NQR71PL" rusumli transport vositasiga nisbatan ham bo‘lim tomonidan 10.09.2020 yilda qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning Xorazm viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida mazkur transport vositasi Surxandaryo viloyati, Boysun tumanida harakatlanib yurganligi aniqlanib, vaqtincha saqlash maqsadida Boysun tumanida joylashgan YPX maskaniga olib borilib, transport vositasi xatlandi.

Hozirda, Byuroning Urganch shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi yuzasidan qarzdorlikni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvdagi “ISUZU” rusumli transport vositasi Boysundan topildi