Foto: iStock
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari koronavirus infeksiyasi odamlarga to‘rt xil yo‘l — hayvondan, o‘zaro aloqa, muzlatilgan ovqatdan va laboratoriya hodisasi tufayli yo‘qishini aniqladi. Bu haqda Uxan shahridagi matbuot anjumanida so‘zga chiqqan JSST ekspertlari xalqaro guruhi rahbari Piter Ben Embarekning ma’lumotiga tayanib «Lenta.ru» xabar berdi.
Uning ta’kidlashicha laboratoriya hodisasi orqali koronavirus paydo bo‘lish ehtimoli juda past, shuning uchun olimlar kelajakda bu taxminni o‘rganib chiqishni rejalashtirmayapti. Ammo u virus kelib chiqishiga oid farazlar ro‘yxatidan chiqarilmagan. Ekspertlar tomonidan qolgan taxminlarning ikkitasi — o‘zaro aloqa va muzlatilgan mahsulotlar orqali infeksiyani yuqtirish real hodisa deb hisoblanmoqda. Chunki mazkur yo‘llar bilan koronavirusni uzoqqa tashish mumkin.
Avvalroq JSST vaksinatsiya bo‘limi rahbari Keyt O’Brayen koronavirusga qarshi emlash bepushtlikka olib kelishini rad etgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bepushtlikni keltirib chiqaradigan birorta vaksina yo‘q.
Amerikalik olimlar esa COVID-19’ga qayta chalinish sabablarini ma’lum qilgan. Olimlar ilgari COVID-19 bilan kasallanganlarda koronavirus infeksiyasining ikkinchi to‘lqini kuzatilishiga sabab tanada immunitetning zaifligi oqibatida infeksiyani qayta yuqtirish yoki organizmda qolib ketgan virusni qayta faollashtirish bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi